Телефонлар:
(0372) 432-13-34
(0372) 432-12-88
» » Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-58-son Farmoni mazmun va mohiyati

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-58-son Farmoni mazmun va mohiyati

29 январь 2022 йил
240
0

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 27 martdagi “2003 yilning 1 aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha beriladigan imtiyozlar o‘rniga kompensasiya pul to‘lovlarini joriy etish to‘g‘risida”gi PF–3227-son Farmoniga muvofiq imtiyozli toifadagi shaxslar uchunuy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha qonunchilik asosida beriladigan imtiyozlar o‘rniga oylik kompensasiya pul to‘lovlari joriy etilgan.
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-58-son Farmoniga asosan. 2022 yil 1 martdan boshlab:
a) kompensasiya to‘lovi, uni olish huquqiga ega bo‘lgan barcha imtiyozli toifadagi shaxslarga,ushbu shaxslarning pensiya (ijtimoiy nafaqa) olishi yokiolmasligi hamda mehnat faoliyatini olib borishi yoki olib bormasligidan qat’iy nazar to‘lab boriladi;
b) ijtimoiy nafaqaoluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘izshaxslarga kompensasiya to‘lovi joriy etiladi.
Bunda, ijtimoiy nafaqa oluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslar uchun har oylik kompensasiya to‘lovi – pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 45 foizi miqdorida to‘lanadi;
v) yoshi 100 ga to‘lgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda – pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.
Bunda, 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar nafaqasiga har oyda to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lov pensiya va nafaqa tayinlangan tashkilot orqali respublika budjeti va budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар