Телефонлар:
(0372) 432-13-34
(0372) 432-12-88
» » KORRUPSIYA QARSHI MUROSASIZ MUNOSABATDA BO‘LISHIMIZ LOZIM

KORRUPSIYA QARSHI MUROSASIZ MUNOSABATDA BO‘LISHIMIZ LOZIM

02 декабрь 2021 йил
7 908
0

Bugungi kunda korrupsiya-tamagirlikning yuqori nuqtasi hisoblanadi. Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiya qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257 sonli farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonga muvofiq, korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestri yuritiladi. Reyestrga kiritilgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:

- davlat xizmatiga kirish va davlat mukofotlari bilan taqdirlanishi;

- saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodlarining ko‘rsatilishi;

- davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari hamda idoralararo kollegial organlarning a’zosi bo‘lish;

- ular tomonidan ta’sis etilgan va (yoki) ular ishtirokchisi hisoblangan tadbirkorlik sub’yektlari davlat xaridlarida va davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda ishtirokchi (ijrochi) sifatida qatnashish, shuningdek, davlat aktivlarini xususiylashtirish bilan bog‘liq tender va tanlov savdolarida ishtirok etish;

- davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar hamda davlat ta’lim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritish.

Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yo‘lga qo‘yish orqali davlat boshqaruvida samarali va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Ilk bor korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va tizimli tahlil qilish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilish uchun mas’ul bo‘lgan alohida organ — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Davlat hokimiyati organlari va yirik xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Shu bilan birga, ko‘rilayotgan tizimli choralarga qaramasdan, byudjet mablag‘laridan foydalanish, davlat xaridlari, kapital qurilish, lisenziya va ruxsatnomalarni olish, bank kreditlarini ajratish, ishga qabul qilish kabi yo‘nalishlarda korrupsiya holatlari saqlanib qolmoqda. Korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi ayovsiz kurashish barcha darajadagi davlat organlari rahbar va xodimlarining eng ustuvor vazifasi etib belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan javobgarlik muqarrarligini ta’minlash uchun barcha kuch va vositalarni safarbar etish belgilandi. 2022 yil 1 yanvardan boshlab davlat xizmatchilariga respublika hududidan tashqarida hisob-raqamlar ochish va egalik qilish, naqd pul mablag‘larini saqlash, ko‘chmas va boshqa mol-mulkka ega bo‘lish taqiqlanadi (xorijda ishlayotgan davlat xizmatchilari va davlat xizmatiga kirishdan oldin olingan mol-mulk bundan mustasno).

Inson tarixida korrupsiyani tugatish yo‘llari va huquqiy asoslari dastlab Hindistonda yaratilgan. Bundan 2,5 ming yil avval yozilgan “Artxashastra yohud siyosiy ilmi” kitobi davlatni va boshqarish va xo‘jalik yuritish mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda o‘sha davrning siyosiy va iqtisodiy qomusi sifatida dunyoga kelgan. Bu asarga davlatni tuzish, boshqarish va uni rivojlantirishning huquqiy asoslari deb qarash ham mumkin. Kitob muallifi sifatida brahman Kautile nomi zikr etilgan. “Artxashastra”ning 26-bo‘limi korrupsiyaga bag‘ishlangan. Bo‘limda korrupsiya “o‘zlashtirish” iborasi orqali izohlangan.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, yurtimizda har bir sohada korrupsiyaga qarshi kurashishda sohaning xususiyatlaridan kelib chiqib yondashish, korrupsiya holatlari haqida xabar berishning yangi usullarini ishlab chiqish va uni amaliyotda qo‘llash lozim bo‘ladi. Bularning barchasi jamiyatda korrupsiya degan illatning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mirzacho‘l tuman Yuridik markaz

bosh yuriskonsulti

Najmiddin Mamadaliyev

Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Ro‘yxatga olishni  tasdiqlash tartibi
14 октябрь 2021, Четверг
Ro‘yxatga olishni tasdiqlash tartibi
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар