Телефонлар:
(0372) 432-13-34
(0372) 432-12-88
» » "INSON QADRI UCHUN!" loyihasining ilk qahramoni

"INSON QADRI UCHUN!" loyihasining ilk qahramoni

18 январь 2022 йил
455
0

Matonat buyuk kuchga ega. Mana shunday bukilmas iroda sohiblari yo‘llarida duch kelgan qiyinchiliklarni, to‘siqlarni tan olmaydi.


2022-yil — “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan imkoniyati cheklangan bo‘lsada, foydali mehnat bilan shug‘ullanib, jamiyatda munosib o‘rnini topayotgan hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodga o‘rnak bo‘layotgan yurtdoshlarimizning erishgan yutuqlarini targ‘ib etishga qaratilgan “Inson qadri uchun” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha davomida hayotning turli sinovlariga qaramay oldinga intilib, Vatanimiz bayrog‘ini dunyo arenalarida yuqoriga ko‘targan xalqaro fan olimpiadalari sovrindorlari, yosh hunarmandlar, tadbirkorlar, fermer xotin-qizlarning erishgan yutuqlari, muvafaqqiyati, o‘rnak oladigan jihatlari haqida so‘zlovchi turkum videoroliklar tasvirga olinishi rejalashtirilgan. Loyiha qahramonlari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hududiy bo‘limlari tavsiyasiga asosan tanlab olinadi, suratga olish ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ijodiy guruh a’zolari: loyiha kordinatori Alisher Azimov, rejissior Sardor Mahmudov, operator Avaz Avlayev, ovoz operatori va chiroq ustasi Ilyos Ismoilov 13-14-yanvar kunlari Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida bo‘lib, dastlabki suratga olish ishlarini amalga oshirdi.

Loyihaning ilk qahramoni esa “Hunarmandlar uyushmasi” a’zosi yuzlab yoshlarga motivatsiya bera olgan Barno Narzullayeva bo‘ldi.

Barno Narzullayeva 1991-yilda tug‘ilgan. U mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik natijasida o‘z tadbirkorligini yo‘lga quydi. Izlanib, mahoratini oshirishdan, yangiliklar qilishdan charchamadi. Hududdagi xotin-qizlarga hunar o‘rgatib, doimiy ish o‘rni yaratishga erishdi.

Albatta, davr qahramonlari, ular erishayotgan natijalar haqida gapirish oson. Ularning muvafaqqiyat sari bosib o‘tgan yo‘lidagi mashaqqati, sabr-u bardoshiga esa barcha ham bardosh bera olmaydi. Ayniqsa, uning imkoniyati cheklangan bo‘lsa...

Barno Narzullayevaning mehnatlari esa o‘z samarasini berdi. 2020-yilda “Jasorat” medali, 2021-yilda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi, bir qancha xalqaro va respublika miqyosidagi ko‘rik tanlovlarda g‘alaba qozondi.

"Inson qadri uchun" qisqa metrajli filmining suratga olish ishlari Jizzah shahri va G‘allaorol tumani Xo‘jakabud qishlog‘ida amalga oshirildi.
Jarayondan fotolavhalar...

Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар